Yordam
Saytga qanday kiraman?
«Kirish» tugmasini bosing, soʻng «Telegram orqali kirish»ni tanlang. Telegram botimiz ochiladi — u yerda kirishni tasdiqlaysiz va saytga oʻzingiz qaytasiz. Parol oʻylab topish yoki eslab qolish shart emas.
Obunani qanday olaman?
«Obuna» sahifasida tarifni tanlang va toʻlovni amalga oshiring (Click, Payme yoki bank kartasi). Toʻlov tasdiqlangach, obuna darhol ochiladi. Agar sahifada Telegram botga oʻtish taklif qilinsa, obuna botda olinadi va saytda ham oʻzi ishlaydi.
Toʻladim, lekin obuna ochilmadi
Odatda obuna bir daqiqa ichida ochiladi. «Obuna» sahifasini yangilab koʻring. Ochilmasa, sayt maʼmuriyatiga murojaat qilish orqali bizga toʻlov vaqti va summasini yozing — tekshirib, obunani faollashtiramiz yoki toʻlovni qaytaramiz.
Obuna oʻzi uzaytiriladimi? Kartamdan pul yechiladimi?
Yoʻq. Obuna muddati tugagach, hech qanday avtomatik toʻlov boʻlmaydi. Davom ettirishni xohlasangiz, yangi tarifni oʻzingiz tanlaysiz.
Nechta qurilmada koʻrsam boʻladi?
Bitta hisobga 2 ta qurilmadan kirish va bir vaqtda 2 ta qurilmada tomosha qilish mumkin. Yangi qurilmadan kirayotganda eskilaridan birini chiqarib yuborish taklif qilinadi. Qurilmalar roʻyxati profil sahifasida.
Video qotyapti yoki sifati past
- Pleerdagi sozlamalar (tishli gʻildirak) orqali sifatni pasaytirib koʻring — sekin internetda 480p ravonroq ishlaydi.
- Sahifani yangilang yoki boshqa brauzerda ochib koʻring.
- Muammo takrorlansa, pleer sozlamalaridagi «Muammo haqida xabar berish» tugmasini bosing — bu bizga aynan qaysi joyda nosozlik borligini koʻrsatadi.
Til yoki subtitrni qanday almashtiraman?
Pleerning pastki qismidagi «Audio va subtitrlar» tugmasini bosing. Filmda bir nechta til boʻlsa, shu yerda tanlanadi.
Telefonda yoki televizorda koʻrsa boʻladimi?
Sayt telefon, planshet va kompyuter brauzerida ishlaydi. Televizorda — brauzeri bor Smart TV orqali yoki telefon/kompyuter ekranini televizorga uzatish orqali koʻrish mumkin.
Kunduzgi yoki tungi rejimni qanday yoqaman?
Sahifa yuqorisidagi quyosh yoki oy belgisini bosing. Tanlovingiz shu brauzerda saqlanib qoladi.
Hisobimni qanday oʻchiraman?
Profil sahifasining pastida «Hisobni oʻchirish» boʻlimi bor. Hisob bilan birga tomosha tarixingiz va saqlangan filmlaringiz ham oʻchadi.
Kerakli film saytda yoʻq
Bizga sayt maʼmuriyatiga murojaat qilish orqali yozing — imkon boʻlsa, qoʻshishga harakat qilamiz.
Men huquq egasiman
Asaringiz saytda ruxsatsiz joylashtirilgan deb hisoblasangiz yoki hamkorlik qilmoqchi boʻlsangiz, «Huquq egalariga» sahifasidagi (https://sarafilm.uz/rights) shakl orqali murojaat qiling.